Aniq o‘lchashlarni amalga oshirish uchun zamonaviy o‘lchov vositalarini va xalqaro talablarga mos keladigan normativ xujjatlar bazasi bo‘lishi zarur. Buning uchun xalqaro standartlar, tavsiyalar keng qo‘llaniladi. Sifat tizimini joriy etish taqdim etiladigan xizmatlarni sifatini kafolatlaydi. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fani talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishning qonuniy, me’yoriy-huquqiy, tashkiliy-uslubiy asoslarini, o‘lchash vositalarining metrologik xarakteristikalarini, o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini, aloqa texnikasi qurilmalarida o‘lchashlarni bajarish, o‘lchash vositalarining turini sinash asosida tasdiqlash, metrologik attestatlash, qiyoslash va kalibrlash o‘lchash natijalarini baholay olishga oid bilimlar, ko‘nikma va malakalar shakllantirilishiga qaratilgan.