Fanni o‘qitishdan maqsad - xabar manbaini  axborot tavsiflari va ularni baholash yo‘llari, aloqa kanallarini axborot tavsiflari va ularni baholash yo‘llari, kodlash asosiy tushunchalari va teoremalari, axborotni siqishni asosiy usullari va uni samaradorlik ko‘rsatkichlari, axborotni shovqinbardosh kodlashni asosiy usullari bo‘yicha ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.

Fanning vazifasi – axborot, entropiya, diskret manbaning axborot tavsiflari, diskret kanalda kodlash, shovqinli kanalda kodlash, chiziqli, blokli kodlar va raqamli modulyatsiyalarining  nazariy  savollari ko‘rib  chiqiladi.  Axborotlarni zamonaviy usullarda kodlash va shovqinbardosh kodlash asoslarini rivojlanishini  tushunish  uchun  bakalavrlar  nazariy  reja  bo‘yicha  bilim  olishadi.