Abituriyent

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

2021/2022 O‘QUV YILI QABULIGA OID MA’LUMOTLAR

 

                           

E ’L O N !!!

TАTU va uning Toshkent viloyatidagi Nurafshon filialiga hamda Oʼzbek-Belorus (TАTU-BGUIR) axborot-texnologiyalari qoʼshma fakultetiga oʼqishga topshirmoqchi boʼlgan АBITURIENTLАR DIQQАTIGА!

Oliy taʼlim muassasalariga 2021/2022 oʼquv yili uchun qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abiturientlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Call-center” tashkil etildi.

Fuqarolar “Call-center” bilan bogʼlanib, oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Kunduzgi bakalavrat boʼyicha murojaatlar uchun “Call-center” ning telefon raqamlari:

+99871-238-65-65,
+99871-238-65-66,
+99871-238-65-67,
+99871-238-65-69.

Sirtqi bakalavriat va magistratura boʼyicha murojaatlar uchun:

+99871-238-65-86.

Oʼzbek-Belorus (TАTU-BGUIR) axborot-texnologiyalari qoʼshma fakulteti boʼyicha murojaatlar uchun:

+99871-238-65-01.

Toshkent viloyatidagi Nurafshon filiali boʼyicha murojaatlar uchun:

+99871-238-64-52

Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha murojaatlar uchun:

+99871-235-09-00

“Call-center” ning ish vaqti:

dushanbadan shanbagacha – soat 9:00 dan 17:00 gacha;

 tushlik vaqtisiz.

 

MAGISTRATURAGA KIRISH SINOVI DASTURLARI VA BAHOLASH MEZONLARI

 

HURMATLI АBITURIENTLАR!

    Oʼzbek-Belorus (TАTU-BGUIR) axborot-texnologiyalari qoʼshma fakulteti 2021-2022  oʼquv yili uchun bakalavriatura bosqichiga quydagi ta’lim yo‘nalishlari asosida qabulni amalga oshiradi.

  • Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti;
  • Mobil tizimlarni dasturlash;
  • Sun’iy intellect.

    Qabul kvotasi tasdiqlanganidan so‘ng hujjatlar ONLAYN ko‘rinishda qabul qilinadi (24 soat davomida). Hujjatlarni qabul qilish to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot https://tuit.uz  saytida e’lon qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun https://tuit.uz web sahifasi va  https://t.me/pksf2021 telegram kanalini kuzatib boring.

Oliy taʼlim muassasalariga 2021/2022 oʼquv yili uchun qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abiturientlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor ma’lumotlarni berish maqsadida https://t.me/pksf2021 telegram kanali yaratildi.

Qabul sinovlarining shartlari.

      Qabul sinovlarini tashkillashtirishda abiturientlarni tanlashning asosiy shartlari sifatida quydagilar talab qilinadi, ularning rus tilini bilish darajasi e’tiborga olinadi. Kirish sinovlari quydagi tartibda amalga oshiriladi  rus tilini (matematika, fizika va informatika fanlari elementlari asosida) bilish darajasi bo‘yicha yozma ravishda test sinovi topshiriladi.

 

       XORIJIY FUQAROLARNI O‘QISHGA QABUL QILISH TALABLARI

  • Xorijiy fuqarolar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetiga (TATU) to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinadilar. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro, hukumatlararo va idoralararo shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, shuningdek, TATU va xorijiy universitetlar o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarda nazarda tutilgan hollar ham bundan mustasno.
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining bakalavriat dasturlariga umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinadi.
  • Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining magistratura dasturlariga qabul qilinadilar.
  • TATUda o‘qishni istagan chet el fuqarolari barcha hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitetga topshirishlari shart.

Hujjatlar ro‘yxati va topshiriladigan sana

  • Hujjatlarni topshirish 2020 yil 20 iyundan boshlab amalga oshiriladi.

  • Hujjatlar tuit.interdep@gmail.com va interdep@tuit.uz elektron manzillari orqali qabul qilinadi.

  • Pasportning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda).

  • Sertifikat, diplomning skanerlangan versiyasi, o‘qilgan fanlar va ulardan olingan baholar (ballar)ning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda). Magistratura uchun bakalavr diplom, o‘qilgan fanlar va olingan baholari (ballari)ning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda).

  • 3.5×4.5 o‘lchamdagi fotosurat (JPEG formatda)

Universitetga qabul qilish tartibi

  • TATUning bakalavriat yoki magistratura bosqichida o‘qishni istagan chet el fuqarolari Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan tanlangan ta’lim yoki mutaxassisligi bo‘yicha suxbatdan o‘tadilar.

  • Suhbat avgustning birinchi yoki ikkinchi yarmida onlayn tarzda o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida bo‘lib o‘tadi..

To‘lov shartlari

  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida chet el fuqarolari tomonidan o‘qish uchun to‘lov milliy valyutada to‘lanadi (o‘zbek so‘mida). To‘lov har bir semestr uchun alohida amalga oshirilishi mumkin.
  • Kunduzgi ta’lim uchun to‘lov summasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Markaziy banki kursi bo‘yicha 1 500 AQSh dollarini tashkil etadi.
  • Sirtqi ta’lim uchun to‘lov summasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Markaziy banki kursi bo‘yicha 1 300 AQSh dollarni tashkil etadi.

Stipendiya

  • Xorijiy fuqarolarga stipendiyalar to‘lanmaydi.

 

2021/2022 ўқув йилида Ўзбекистон Республикаси олий таълим муассасалари магистратураси бўйича давлат буюртмаси асосида ўқишга қабул қилиш параметрларининг мутахассисликлар ва ўқитиш тиллари бўйича ТАҚСИМЛАНИШИ

 

1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “2021-2022-O‘QUV YILIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISHNING DAVLAT BUYURTMASI PARAMETRLARI TO‘G‘RISIDA”GI QARORI (kutilmoqda)

2. 2021/2022 O‘QUV YILI QABUL KVOTALARI

        A. KUNDUZGI

        B. SIRTQI

        C. MAGISTRATURA

        D. IMTIYOZGA EGA BO‘LGANLAR KVOTASI

        E. СФИТ ТУИТ-БГУИР

3. ABITURIYENTLARNI RO‘YXATDAN O‘TISHI BO‘YICHA KENGAYTIRILGAN VIDEO QO‘LLANMA --> https://dtm.uz/post/view/ro-yxatdan-o-tish-bo-yicha-videoqo-llanma

4. ABITURIYENTLARNI ONLAYN RO‘YXATGA OLISH --> https://abitur.dtm.uz/login; https://my.gov.uz/ru/service/259

5. ABITURIYENTLARGA BERILADIGAN IMTIYOZLAR --> https://dtm.uz/page/imtiyozlar

6. JAVOBLAR VARAQASI BILAN ISHLASH BO‘YICHA QO‘LLANMA (VIDEO) --> https://dtm.uz/post/view/javoblar-varaqasi-bilan-ishlash-bo-yicha-qo-llanma-video

7. ABITURIYENTLAR UCHUN YO‘RIQNOMA (VIDEO) --> https://dtm.uz/post/view/abituriyentlar-uchun-yo-riqnoma-video

8. 2020/2021 O‘QUV YILI O‘TISH BALLARI

9. 2021/2022 O‘QUV YILI QABULIGA OID MA’LUMOTLAR --> https://dtm.uz/page/qabul_2021_2022

10. OLIY TA’LIM MUASSASALARINING MAGISTRATURASIGA KIRISH IMTIHONLARIDA ISHTIROK ETISH UCHUN ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH TIZIMI --> http://magistr.edu.uz/

 

ABITURIYENTLARNI ONLAYN RO‘YXATGA OLISH 2021 YIL 20 IYUNDAN 20 IYULGA QADAR AMALGA OSHIRILADI.