Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti

  • Asosiy
  • Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti

Kafedra mudiri:

Babomuradov Ozod Jo‘rayevich

Qabul vaqti: Dushanba – Juma 15:00 – 17:00
Telefon: (0 371)238-65-07

Axborot  texnologiyalarining dasturiy ta’minoti (ATDT) kafedrasi o‘z faoliyatini 2005 yil avgust oyida Vazirlar mahkamasining qarori va TATU rektorining shu yilning 17 avgusti 147/01 buyrug‘iga asosan ish faoliyatini boshladi.

2005-2010 yillarda kafedraga t.f.d, akademik, M.M.Kamilov, 2010-2014 yillarda t.f.d. A.X.Nishanov va f.-m.f.n. A.T.Rahmonov, 2014-2016 yillarda t.f.n. B.B.Akbaraliev, 2016-2017 yillarda t.f.d. Z.B.Mingliqulovlar mudirlik qildilar. 2017 yilning noyabr’ oyidan boshlab kafedraga t.f.d. O.J.Babomuradov mudirlik qilib kelmoqda.

Kafedra jamoasi oldiga axborot texnologiyalari dasturiy ta’minoti va dasturiy mahsulotlarni tayyorlash borasida yetuk bakalavr hamda magistrlar tayyorlash, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni olib borish asosiy maqsad etib belgilangan.

Axborot texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlash mobaynida kafedra professor-o‘qituvchilari TATU huzuridagi Axborot-kommunikasiya texnologiyalari ilmiy-innovasion marakazi olimlari: akad. M.M. Kamilov, t.f.d., prof. D.T.Muhammedieva, t.f.d., prof. M.A.Ismoilov, t.f.d. N.S.Mamatov, t.f.n. M.Xudoyberdiev hamda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Mul’timedia markazi” mutaxassislari bilan hamkorlikda ish olib boradilar. ATDT kafedrasi respublikamizda dasturlash va dasturiy mahsulotlar yaratish sohasining:

  • tizimli dasturlash ta’minoti (ma’lumotlar bankini boshqarish tizimlari, kommunikasiyalarni boshqarish tizimlari, emulyatorlar, kompilyatorlar va dasturlash tillari, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash, ma’lumotlar ayriboshlash vositalari, operasion tizimlar, amaliy dasturlarni ishlab chiqarish, operasion tizimlarni kengaytirish vositalari);
  • umumiy maqsadga qaratilgan amaliy dasturlar (o‘rgatuvchi sistemalar, testlash sistemalari, testlarni qayta ishlash vositalari, mashinaviy grafikaviy vositalari, moliyaviy rejalash va tahlil, statistika-matematika, korxonalarni avtomatlashtirish, uy axborot sistemalari va hokazolar);
  • Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan amaliy dasturlar (bank ishi, kapital mablag‘larni boshqarish, sog‘liqni saqlash, qishloq ho‘jaligi va hokazolar) yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda yetakchi kafedra hisoblanadi.

Talabalar zamonaviy komp’yuterlarda laboratoriya, kurs ishlari va bitiruv ishi loyihalarini va magistrlik dissertasiyalarini bajara borib o‘tilgan fanlardan olingan nazariy bilimlarini boyitib boradilar. Ayni vaqtda kafedra “Dasturiy injiniring” fakul’teti tarkibida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bakalavriat

5330600

Dasturiy injiniring

Magistratura

5330601

Dasturlash injiniring

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Dasturlash tamoyillari
  • Operatsion tizim va laboratoriya
  • Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash
  • Linux operatsion tizimi
  • Mobil qurilmalar uchun dasturiy vositalar
  • Dasturiy ta’minot arxitekturasi
  • Operatsion tizim va tizimli dasturlash
  • Dasturiy injiniringga kirish
  • Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish

Magistratura:

  • Ma’lumotlarni intellektual tahlili
  • Korporativ ilovalar integratsiyasi
  • Mobil hisoblashda dasturiy injiniring
  • Dasturiy ta’minotlarni intensiv loyihalari uchun ehtimolli hollarni boshqarish
  • Dasturlash jarayonlari tahlili

Kafedra professor o‘qituvchilari

  • Babomuradov Ozod Jo‘rayevich – kafedra mudiri, t.f.d.
  • Kamilov Mirzayan Mirzahmedovich – t.f.d., professor, akademik
  • Nishanov Ahram Xasanovich – kafedra professori, t.f.d.
  • Muhamediyeva Dilnoz Tulqunovna – kafedra professori, t.f.d.
  • Xudayberdiev Mirzaakbar Xaqqulmirzaevich – t.f.n.
  • Muxammadieva Dildora Kabilovna – DSc
  • Hamroev Alisher Shodmonqulovich – PhD
  • Ishmuxammedov Aziz Xamidullaevich – t.f.n.
  • Arziqulov Sunnatilla Doniyarovich – katta o‘qituvchi
  • Khan Igor Viktorovich – katta o‘qituvchi
  • Ro‘ziboyev Ortiq Baxtiyorovich – PhD
  • Niyozmatova Nilufar A’loxanovna – PhD
  • Xidirova Charos Murodullaevna – PhD
  • Abduraxmonova Nigora Nurmahamadovna – assistent
  • Qo‘ldoshev Hakim Murodullaevich – katta o‘qituvchi
  • Egamberdiyev Nodir Abdunazarovich – assistent
  • Narziyev Nosir Baxshilloevich – assistent
  • Yuldashev Zafar Baxtiyarovich – assistent
  • Doshanova Malika – assistent
  • Boboyev Lochin Baymuratovich – assistent
  • Abdurazzoqov Faxriddin Bekpo‘latovich – assistent
  • Baydullaev Ruslan Tuyliboevich – assistent
  • Nosirov Sulton Uali o‘g‘li – assistent
  • Ismoilov Ilxom Tursunbaevich – assistent
  • Shaazizova Madina Eldarovna – assistent
  • Nazarov Azizbek O‘ktamovich – assistent

Shu bilan birga kafedra jamoasi o‘z oldiga o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarini birgalikda olib borishni asosiy vazifalardan qilib qo‘ygan.

ATDT kafedrasi professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar

  • Zamonaviy dasturlashtirishga yo‘naltirilgan “JAVA dasturlash tili” bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqish. 2019-2020. N.Narziev - Loyiha rahbari
  • «Интеллектуальные системы обработки сложноструктурированной ннформации, распознования и прогнозирование основанные на классе логико-эвристических алгоритмов вычисления оценок в нечетной среде» Ф4-09 2017-2020. O.J.Babomuradov - Loyiha rahbari
  • iGov – maslahat-muhokama-monitoring tizimi. 22/19-F. 2019-2020. A.X. Nishanov - Loyiha rahbari
  • O‘zbek tilidagi matnli axborotlarni tahlil qilish va tasniflash tizimini ishlab chiqish. 2019-2021. O.J.Babomuradov - Loyiha rahbari

ATDT kafedrasi professor-o‘qituvchilarining olib borayotgan ilmiy uslubiy ishlari

  • X.Nishanov. “Algoritmlarni loyihalash va tahlil qilish” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
  • J.Babomuradov, I.V.Xan. “Sun’iy intellekt va neyron to‘rlar” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
  • X.Nishanov, I.V.Xan. “Deklarativ dasturlash” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
  • Nishanov, O.Ro‘ziboev, O.Mamaraufov, I.Xan. “Dasturiy injiniringa kirish” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
  • M.Qo‘ldoshev, Z.B.Yuldashev. “Windows server boshqaruvi” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
  • M.Qo‘ldoshev, Z.B.Yuldashev. “Operasion tizimlar” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
  • M.Xidirova. “Dasturiy injiniringa kirish” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
  • J.Babomuradov, N.A.Niyozmatova. “Dasturiy ta’minot tizimlarini loyihalash” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
  • B.Narziev, F.B.Abdurazzoqov. “Inson va komp’yuter o‘zaro ta’siri” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
  • T.Baydullaev. “Dasturiy ta’minot arxitekturasi” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
  • Yu.Doshanova. “Algoritmlarni loyihalash” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
  • N.Abduraxmanova, M.E.Shaazizova, F.A.Qo‘ylieva. «Dasturlash uslublari va paradigmalari» fani bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar
  • Yu.Doshanova, A.X.Xamidullaev. “Inson va komp’yuter o‘zaro ta’siri” fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy ko‘rsatmalar

Kafedra professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar ro‘yhati

  • O.B.Ro‘ziboev, O.T.Allamov, Sh.N.Saidrasulov - Dinamik ko‘p parametrli grafda marshrutizatsiya masalalarini yechi dasturi//O‘zR "AVTOR.UZ” electron depozitoriyasi, Guvohnoma №1680, 10.01.2014 y.
  • O.B.Ro‘ziboev, N.A.Karaxanov,N.A.Egamberdiev,Z.B.Yuldashev, N.B.Narziev - Программа разделения объектов на классы с помощью алгоритма Шар Апполона//O‘zR "AVTOR.UZ” electron depozitoriyasi, Guvohnoma №1942, 10.07.2014y.
  • A.X.Nishanov, B.B.Akbaraliev, B.S.Samandarov, I.V.Khan, O.B.Ro‘ziboev - Программное обеспечение для анализа качества электронных ресурсов и мониторинга работы системы виртуального образования Moodle//O‘zR "AVTOR.UZ” electron depozitoriyasi, Guvohnoma№2173, 20.11.2014y.
  • A.X.Nishanov, O.Q.Kho‘jaev, D.I.Adamov, O.B.Ro‘ziboev, O.T.Allamov - Fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ishini avtomatlashtirish va ma’lumotlar bazasini intellectual tahlil qilish uchun dasturiy ta’minot//O‘zR Intellektual Mulk agentligi. 10.12.2014. DGU 02901.
  • R.V.Qabulov, O.B.Ro‘ziboev - Программный комплекс для классификации и кластеризации интервальных данных//O‘zR "AVTOR.UZ” electron depozitoriyasi, Guvohnoma№2080, 04.09.2014y.

Kafedra hamkorlari

  • Janubiy Korea universitetlari (KAIST, INHA, Seoul Tech, Seoul National University);
  • Germaniya (Oldenburg universiteti, Software Engineering Group);
  • TATU huzuridagi "Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar markazi”;
  • O‘zR XTV huzuridagi "Multimeda umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi”;
  • "Artel” kompaniyasi;
  • Yunusobod kompyuter texnologiyalari KHK;
  • TATU qoshidagi 2-sonli AL.
  • Belarus Davlat Informatika va Radioelektronika Universiteti;

Kafedraning horijda malaka oshirib kelgan professor-o‘qituvchilari

  • Z.B.Yuldashev – Seoul Tech. (Janubiy Korea, 2014 yil)
  • B.B.Akbaraliev – Oldenburg universiteti (Software Engineering Group, Germaniya, 2014-2015)
  • L.B.Boboev – Chun-Ang universiteti (Janubiy Korea, 2015 yil)

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi – Ma’lumotlarni intellektual tahlili

  • Kafedrada har hafta muntazam ravishda katta ilmiy hodim-izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchilar ishtirokida ilmiy seminarlar o‘tkazilib boriladi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun dasturlash bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklar ro‘yhati

  • Dasturlashga kirish (C, C++). To‘garak rahbari: A.Hamroyev.
  • Web dasturlash (HTML, CSS, javascript, PHP, MySQL). To‘garak rahbari: L.B.Boboev;
  • C++ Builder. To‘garak rahbari: I.Ismoilov

Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy ish mavzulari

  • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarida qarorlarni qabul qilish usullari va algoritmlari. Doshanova M.Yu. – katta o‘qituvchi.  Gulyamov Sh.M. - t.f.d.
  • Baholarni hisoblash algoritmi va arilar koloniyasi algoritmini birlashtirishga asoslangan timsollarni tanib olish model va algoritmlari. Egamberdiev N. – assistant. Muxammadieva D.T. - t.f.d.

  • Axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini intellektuallashtirish algoritm va dasturini ishlab chiqish. Abduraxmonova N.N. - katta o‘qituvchi. Axmedova O.P. - t.f.n.

  • “Kanser-registr” axborot tizimi dasturiy ta’minoti algoritmi va matematik modelini ishlab chiqish. Arzikulov S.D. - katta o‘qituvchi. Kasimov S.S. - t.f.d., prof.

  • Mantiqiy modellashtirishga asoslangan intellektual tijorat tizimini algoritmik va dasturiy ta’minoti. Narziev N. B. - katta o‘qituvchi. Nishanov A.X. - t.f.d., prof.

  • O‘zbek tilidagi matnni tasniflash algoritmlari. Boboev L. B. - assistant. O.J.Babomuradov - t.f.d.