Biznes jarayonlarini boshqarish - Управление бизнес-процессами - Business process management

Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilishi natijasida uning iqtisodiy ko‘rsatkichlari jahon mamlakatlari darajasiga yaqinlashib bormoqda. Buning asosiy sababi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qaysi tarmoqda olib borilmasin davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda.
Shunday ekan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, Ya’ni, biznes sohasini tashkil etish bir tomondan katta bir imkoniyatlarga ega bo‘lishni va ikkinchi tomondan katta bir ma’suliyatni o‘z zimmasiga olishni talab etadi. Ayniqsa, «biznesni boshqarish» korxona rahbaridan ma’lum bir bilim va tajribani talab etadi.