Audio-video montajda maxsus effektlar – Специальные эффекты в аудио-видео монтаже - Special effects in audio-video editing

“Audio video montajda maxsus  effektlar” mazmuniga raqamli video, ikki va uch o‘lchovli grafikaning matematik asoslari, masus effektlar berishda multimedia texnologiyalari, Adobe Premiere Pro va Adobe After Effects dasturi imkoniyatlari bo‘limlari kiritilgan.

Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda maxsus effektlar bilan ishlash, Adobe After Effects dasturi muhitida murakkab effektlar yaratish, qayta ishlash, grafik taffakkurini shakllantirish va rivojlantirish, o‘zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda egallangan bilimlar bo‘yicha, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.

Fanning vazifasi - talabalarga kino va reklama sanoatini rivojlantirishning nazariy va amaliy masalalarini yecha olishga yetarli bo‘lgan maxsus effektlar bo‘yicha tajriba egallashga va uni qo‘llashga, shuningdek, ko‘shimcha plaginlardan foydalanib maxsus effektlar yaratish, tahrirlash va tahlil qilishga o‘rgatishdan iborat.