Farg‘ona filiali

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori:

Rasulov Akbarali Maxamatovich

Qabul kunlari: Seshanba (14.00-16.00); Juma (09.00-11.00).
Telefon: (373) 226-82-33
 
 

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiafl O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-91 sonli Qarori asosida tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-1942 sonli qaroriga muvofiq so‘ngi yillar ichida xalqaro standartlari darajasida AKT sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini mutlaqo yaxshilash bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

Filial tarkibida 2 ta fakultet, 9 ta kafedra mavjud bo‘lib, ta’limning 6 ta ta’lim yo‘nalishi hamda 2 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bakalavriatning 1 yangi 5234100 – Raqamli iqtisodiyot (Tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Filialda 2259 nafar talaba tahsil oladi, shulardan, bakalavriatda kunduzgi - 1726 nafar, sirtqida - 481 nafar, magistraturada - 52 nafarni tashkil etadi. So‘nggi yil ichida filial 2 nafar talaba Davlat nomli stipendiyasi, 2 nafar talaba Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasini, 3 nafar talaba Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasini egallashdi. Universitetda 110 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi, shulardan 36 nafari fan doktori va fan nomzodlari (PhD), dotsentlar. Ilmiy darajaga ega o‘qituvchilar umumiy sonidan 33,9% tashkil etadi.

Filialda 2 ta o‘quv binosi mavjud. 1-o‘quv binosi 2009 yil foydalanishga topshirilgan, 360 o‘quv o‘rniga mo‘ljallangan, hozirda 1015 o‘quv o‘rni mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoni asosida “Farg‘ona aloqa kasb-hunar kolleji”ning bino va inshootlari filialga berilgan. Hozirda ushbu 2-o‘quv binoda 715 o‘quv o‘rni mavjud.

Shuningdek, 1-binoda 39 ta, 2-binodan 20 ta, jami 59 ta auditoriyalar mavjud. Ularning 19 tasi ma’ruza xonasi, 16 tasi amaliy mashg‘ulot xonasi, 9 tasi o‘quv-laboratoriya, 13 tasi kompyuter sinfi, 1 tasi lingafon sinfi va 1 tasi katta majlislar zalidan iborat. Bundan tashqari, 2 ta yopiq sport zali ham mavjud. 1-binoda Kompyuter injiniringi fakulteti va O‘zbek-Beloruss qo‘shma fakulteti, 2-binoda esa Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti talabalari ta’lim oladilar.

So‘nggi yilda professor-o‘qituvchilar tomonidan 2 ta darslik va 17 ta o‘quv qo‘llanma va 150 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqildi.

Axborot resurs markazi  fondida 4565 nomda 13134 nusxa kitob va 28 nomda 132 nusxada 16667257 so‘mlik gazeta-jurnallar mavjud. Shundan, ilmiy adabiyotlar - 123 nomda 606 nusxa, darsliklar - 1069 nomda 4529 nusxa, o‘quv qo‘llanmalar - 2100 nomda 5661 nusxa, badiiy adabiyotlar - 737 nomda 1168 nusxa, xorijiy adabiyotlar - 442 nomda 878 nusxa, boshqa adabiyotlar - 149 nomda 467 nusxani tashkil etadi. Bundan 1518 nomda 3520 nusxa - o‘zbek tilida, 1624 nomda 4126 nusxa - lotin grafikasida, 712 nomda 3741 nusxa - rus tilida, 642 nomda 1922 nusxa - xorijiy tillardan iborat.

Axborot resurs markazi  elektron zalida 21000 dan ortiq elektron adabiyotlar mavjud.  Elektron adabiyotlarning 15660 tasi o‘quv jarayoniga tegishli adabiyotlardir. Shulardan elektron darsliklar 3845 nusxa, elektron o‘quv qo‘llanmalar 7655 nusxa, ilmiy adabiyotlar 1500 nusxa, xorijiy adabiyotlar 1410 nusxa, elektron badiiy adabiyotlar 1250 nusxadan iborat.

Axborot resurs markazida Ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasi to‘g‘risida ma’lumot: Scopus.com, Web of scence.com ma’lumotlar bazasiga sinovli kirish imkoniyati yaratilgan. EBSCO ilmiy – ta’limiy ma’lumotlar bazasidan foydalanish davom etmoqda. http://search.ebscohost.com/

Filialda o‘quv jarayoni masofaviy tashkil etish maqsadida http://moodle.fbtuit.uz/  platformasi ishga tushirilgan. ARM ARMAT dasturida ishlaydi.

Fililda axborot resurs markazida https://lib.fbtuit.uz/ orqali elektron darslik, qo‘llanmalar bilan tanishish va foydalanish imkoniyati yaratilgan.

So‘nggi ikki yil davomida 78 nafar professor-o‘qituvchilar malaka oshirish kurslarida o‘qidi.

Filialda Davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlangan ilmiy-tadqiqot ishlari filial professor-o‘qituvchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan OT-Atex-2018-132 "Qishloq xo‘jaligi iste’molchilari uchun avtomatlashtirilgan avtonom mikro-GESni yaratish, tadqiq qilish va ishlab chiqarishni tashkil qilish nomli 1 mld. so‘mlik amaliy loyihada ishtirok etib kelishmoqda.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali murojaat ma’lumotlari:

  • Tel./faks: (0-373) 226-82-09