Qarshi filiali

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali direktori:

Turg‘unov Adilbek Muxtorovich

Qabul vaqti: Har kuni (9:00-17:00)
Telefon: (8 375) 228-02-32

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali - Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PQ-91-son qaroriga binoan tashkil etilgan.
Filialda 2 ta, Kompyuter injiniring hamda Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy taʼlim fakulteti va 7 ta kafedra faoliyat koʼrsatadi.

Taʼlim yoʼnalishlari:

Raqamli iqtisodiyot
Аxborot xavfsizligi
Kompьyuter injiniringi ("Kompyuter injiniringi", “АT-Servisi”)
Dasturiy injiniring
Telekommunikatsiya texnologiyalari
Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi.

Magistratura mutaxassisligi yoʼnalishi:

Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash)
Telekommunikatsiya injiniringi: teleradioeshittirish

Filialda 81 nafar professor-oʼqituvchilar faoliyat koʼrsatmoqda shundan, 22 nafar ilmiy darajali professor-oʼqituvchilar hisoblanadi. Ulardan 2 nafari fan doktori va 20 nafari fan nomzodi, falsafa doktori (PhD)lardir. Ilmiy salohiyat 27 % ni tashkil etadi.
Filialda 6 ta bakalavriat taʼlim yoʼnalishi va 2 ta magistratura mutaxassisliklarida jami 1799 nafar talaba tahsil oldi. 6 ta bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha 1248 nafar, 2 ta magistratura mutaxassisligi boʼyicha 10 nafar hamda bakalavriatning sirtqi taʼlim shakli boʼyicha 541 nafar.
Oʼtgan davr mobaynida 12 nafar professor-oʼqituvchi Janubiy Koreyaning nufuzli oliygohlarida malaka oshirib qaytishgan.
Filialda “Dasturchilarni tayyorlash markazi”, “Elektron hukumat” markazi hamda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi TechReh (TekRex) xalqaro loyihasining “Tibbiyotda texnik reabilitatsiya” ilmiy laboratoriyasi faoliyat yuritmoqda.
Filialda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish, oliy taʼlim tizimi oʼquv jarayoniga ilgʼor xalqaro tajribani keng joriy etish, universitetni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kirishini taʼminlash maqsadida oʼquv jarayoni kredit-modulь tizimi asosida olib borilmoqda.
Filialning Novosibirsk davlat texnika universiteti, Moskva texnika aloqa va informatika universiteti, Rossiya Akademiyasi Sibir boʼlimi hisoblash texnologiyasi instituti, Mogilyov davlat taʼlimni rivojlantirish instituti, Belorussiya davlat informatika va radio elektronika universiteti hamda Tojikiston milliy universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari keng yoʼlga qoʼyilgan.
Filialda Belorussiya davlat informatika va radio elektronika universiteti bilan hamkorlikda “Аxborot texnologiyalari” (2+2) qoʼshma fakulьteti ochilgan.
Filialda 2020/2021 oʼquv yilida 3 nafar talaba davlatimizning yuksak mukofotlari (“Mard oʼgʼlon” davlat mukofoti, Zulfiya nomidagi davlat mukofti, “Shuhrat” medali) bilan taqdirlangan.

Bogʼlanish uchun maʼlumotlar:
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Beshkent yoʼli 3 km.
Tel./faks: (0 375) 228-02-32
E-mail: tuitkf@tuit.uz
Rasmiy veb-sayt: http://tuitkf.uz/
Telegram kanal: https://t.me/tuitkf_uz