Rektor

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori:

Мaxkamov Baxtiyor Shuxratovich

Qabul vaqti: Chorshanba: 10:00-13:00
Telefon: (+99871) 238-64-15
Rektorning lavozim vazifalari:
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
  • TATUda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
  • TATUning tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, TATUning boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
  • Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
  • TATUning daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
  • Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
  • O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va talabalarda milliy g‘oyani shakllantirish;
  • Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni universitetga qabul qilish, o‘qishdan chetlatish, tiklash, ichki-mehnat tartibiga rioya etilishini ta’minlash;
  • Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
  • Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
  • Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
  • TATUda mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taaluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;
  • Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzilishini tashkil etish;
  • TATUning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, TATU Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, TATUning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;
  • Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
  • Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
  • Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash;
  • O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.
Biografiya:
  • 1985 yilda tug‘ilgan.

  • Millati – o‘zbek.

  • Ma’lumoti oliy. 2006 yil Toshkent davlat texnika universitetining moliyaviy menejment yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrni tamomlagan.

  • 2008 yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetining menejment (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.

  • 2007 yilda harbiy xizmat o‘tagan.

  • 2016 yildan Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc 04 №005186).

  • 2019 yildan Dotsent (03 №008928).

  • 2020 yildan Professor (05 №003458).

  • 2007-2013 yillarda Uzdunrobita QK marketing bo‘limi, marketing tadqiqotlari bo‘limi mutaxassisi, etakchi mutaxassisi bo‘lib ishlagan.

  • 2013 yilda Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filialida “Mehnat iqtisodiyoti va boshqaruvi” kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

  • 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi OO‘MKHT Markazining “Marketing, investitsiyalar va ta’lim iqtisodiyoti” bo‘limi bosh mutaxassisi, boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

  • 2014-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi.

  • 2015-2020 yillarda 1-toifali muhandis, Elektromagnit moslashuv markazining “Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo‘limi” boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

  • 2020 yil yanvaridan dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining "Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish" bo‘limi boshlig‘i, Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining kotibi.

  • Toshkent davlat iqtisodiy universiteti qoshidagi 08.00.10 - "Mehnat iqtisodiyoti, Demografiya" ixtisosligi bo‘yicha DSc.28.12.2017.I.16.02-сонли ilmiy kengash a’zosi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida 08.00.03 - "Sanoat iqtisodiyoti" ixtisosligi bo‘yicha 29.06.2019.I.84.01-sonli ilmiy kengash a’zosi.

  • 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, shu jumladan, 1 ta monografiya, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 40 dan ortiq ilmiy maqolalar. Ilmiy maqolalari AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya, Indoneziya, Hindiston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarda nashr etilgan.

  • 2021 yil yanvar oyidan iyun oyiga qadar Elektromagnit moslashuv markazi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

  • B.Maxkamov oilali, uch nafar farzandi bor.